Farmakopeya qo‘mitasi raisi Kamola Nuridullayeva “Yurt iftixori” esdalik nishoni bilan taqdirlandi
Joriy yilning 15 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmakopeya qo‘mitasi raisi Kamola Nuridullayeva ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi samarali faoliyati uchun "Yurt iftixori" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur nishon Turon fanlar akademiyasi qoshidagi "Scientific Academy" ilm-ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosida ilmiy izlanishlar olib borgan insonlarga innovatsion yondashuv va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish maqsadida taqdim etiladi.
Bu e’tirof – yurtimizda ilm-fan va ta’lim sohasini rivojlantirish, olima ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tiborni yanada oshirish, mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ining jahon andozalari darajasiga chiqishiga xizmat qilayotgan soha mutaxassislarini rag‘batlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.